Sevara Nazarxon Moskvada katta yakkaxon konsertini beradi
2015 yil 7 noyabr kuni Rossiya poyxtaxti Moskva shahridagi Xalqaro musiqa uyining Svetlana zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonanda Sevara Nazarxonning katta yakkaxon konserti bo‘lib o‘tadi.
Sevara Nazarxon O‘zbekiston davlat konservatoriyasining mumtoz opera yo‘nalishida tahsil olgan. U o‘z faoliyati davrida taniqli ingliz musiqashunosi Piter Gebriel bilan birga ko‘plab ijod namunalari ustida ish olib bordi. Bir necha yillar davomida Markaziy Yevropa va Osiyo bo‘ylab gastrol konsertlarini o‘tkazdi va mashhur BBC World Music Award tanlovining eng yaxshi osiyolik qo‘shiqchi (“Best Asian Artist”) mukofotini qo‘lga kiritgan.
Rossiyalik musiqa ishqibozlari esa Sevara Nazarxonni “Golos”, “Vishka”, “Toch-v-toch”, “Tansi so zvezdami” teleloyihalari orqali yaxshi tanishadi.
7 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan konsertda xonanda rus tilidagi “Tak legko” va “Pisma” albomlaridan o‘rin olgan mashhur kompozisiyalarini ham ijro etadi.