Rossiyaning ba’zi hududlarida gripp bilan kasallanish va undan o‘lishning yuqoriligi cho‘chqa grippi virusining mutatsiya bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Bu haqda Gripp ilmiy tadqiqot institutining biotexnologiya va dori vositalarini tashxislash laboratoriyasi boshlig‘i Anna Sominina TASS axborot agentligiga ma’lum qildi.
Somininaning aytishicha, grippdan Rossiyada hammasi bo‘lib 50 nafar odam, jumladan joriy haftada 24 odam halok bo‘lgan.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy vakili Kristian Lindmayer Rossiyada cho‘chqa grippining tarqalishi mavsumiy omil ekanligini aytdi. O‘z navbatida, Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova mamlakatda gripp bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida ekanligini ta’qidlamoqda.
Shuningdek, 37 ta hududda gripp epidemiologik chegaradan oshgani ma’lum qilindi.