Nigeriyada terrorchi qiz hujumi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
Nigeriyaning Yobe shtati ma’muriy markazi Damaturu shahridan janubda joylashgan qishloqda terrorchi-xudkush qiz o‘zini portlatishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Agence France Presse axborot agentligi.
Shuningdek, 20 kishi jarohat olgan. Agentlikning ta’kidlashicha, terrorchi qiz 12 yoshlar atrofida bo‘lgan.