Nigeriyada ekstremistlar bir yil ichida 2 ming ayolni o‘g‘irlab ketgan
2014 yilda Nigeriyada harakat qiluvchi “Boko Haram” terrorchi guruhi 2 ming ayolni o‘g‘irlab ketgan. Bu ma’lumot Amnesty International tashkilotining yangi hisobotida keltirilgan.
Hisobot guruh tomonidan maktab yoshidagi 219 nafar qizning o‘g‘irlab ketganining bir yilligi munosabati bilan tayyorlangan. 2014 yil 14 aprelida guruh jangarilari Chiboke shahridagi maktabga hujum qilib, 219 o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgan edi. May oyida ulardan 100 nafarining Qur’on o‘qiyotgani qayd qilingan videolavha tarqatilgan edi. Shundan so‘ng qizlar haqida hech qanday axborot olishning imkoniyati bo‘lmagan.