Nigeriyada ketma-ket uchta terakt oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi
Nigeriya shimoli-sharqidagi Mayduguri shahrida sodir etilgan ketma-ket uchta terkat oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Baga bozorida terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 36 kishi, yana bir bozordagi portlash tufayli 12 kishi, avtomobil portlashi oqibatida esa yana ikki kishi halok bo‘lgan.
Ushbu hodisalar oqibatida kamida 100 kishi jarohat olgani aytilmoqda.