Qozog‘istonda uch egiz tug‘ilishi hollari ko‘p kuzatilmoqda
Oxirgi yilda Qozog‘istonda uch egiz tug‘ilishi hollari ko‘paymoqda. Ilgari 100 ming tug‘ruqdan 9.9tasi shunday bo‘lsa, endilikda bu ko‘rsatkich 12.6tani tashkil qilmoqda, deb xabar beradi Today.kz resursi statistika qo‘mitasi matbuot xabarnomasiga tayangan holda.
2009 yildan 2014 yilga qadar 2 425dan 3 111gacha ikkitalik, 25dan 50kacha uchlik egiz farzandlar tug‘ilishi qayd qilingan. Shuningdek, 2010, 2011 va 2014 yillarda bir martadan to‘rttalik egizaklar tug‘ilgan.
Hisobot davrida tug‘ilgan egizaklarning 25-30 foizi turli jinslarga mansubdir.