Qozog‘istonda qidiruvga berilgan terrorchi qo‘lga olindi
Bugun, 10 iyun kuni Aqto‘be shahrida o‘tkazilgan terrorchilarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya vaqtida ekstremistlarning Dmitriy Tanatarov ismli hamtovog‘i Otrar tumanidagi otishma vaqtida qo‘lga olindi, deb yozadi “Nur.kz” nashri. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs qidiruvga berilgan edi.
Qo‘lga olish chog‘ida Tanatarov ko‘krak qafasi va oyog‘idan yaralangan. Shoshilinch tarzda shifixonaga yetkazilgan terrorchi ustida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Shuningdek, otishma vaqtida yaralangan 2 nafar polisiya xodimiga temir yo‘l shifoxonasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, avvalgi terrorsitik harakatlar chog‘ida yaralangan 5 nafar fuqaroga uyga ketishga ruxsat etildi. Ular orasida harbiy xizmatchilar va huquq-tartibot organlari vakillari ham bor.
Terrorchilarni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya vaqtida ko‘krak qismidan yaralangan Srim Sundetov esa jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Uni keyingi davo choralari uchun Ostona shahriga jo‘natish rejalashtirilmoqda. Shifokorlarning fikricha, uning ahvolini unchalik og‘ir emas.
Ma’lumot uchun, kecha 9 iyun kuni terrorchi Vladimir Tanatarov ukasi Dmitriy Tanatarovga videomurojaat yubordi. Videomurojaatda Vladimir ukasi Dmitriyni qurolini topshirib taslim bo‘lishga chaqirgan.
Videomurojaatdan so‘ng, Vladimir OAVga interyu berdi va ukasi bu yo‘lga o‘z xohishi bilan kirmaganini, uning ongini zaharlashganini aytdi.