Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Merlin-Soundtreck
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Qirol va Kanizak - Soundtreck
. Pazanda - The Sound of Love
. Iyun Oqshomi - Yagmur (soundtreck)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Qidiruv tizimlarining inson intellektiga ta’siri

El universiteti psixologlarining izlanishlariga ko‘ra, insonlar “Google”  va “Yahoo!” kabi qidiruv tizimlari berayotgan imkoniyatlar tufayli o‘zlarini asliga qaraganda ko‘proq aqlliroqman, deb o‘ylashayotgan ekan. Bu to‘g‘risida “The Telegraph” xabar beradi.
Yel universiteti tadqiqoti davomida bir necha xil tajribalarda minglab talabalar sinovdan o‘tkazildi. Yakuniy natijalar shuni ko‘rsatdiki, internetda ma’lumotni qidirish va olish imkoniyati insonlarda aqliy qobiliyatlari xususida noto‘g‘ri tasavvur hosil bo‘lishiga va qaror qabul qilishda ortiqcha o‘ziga ishonchga sabab bo‘lmoqda.
“Google”dan foydalanishga ruxsat etilgan tadqiqot ishtirokchilari o‘zlarini fanni kitob va boshqa ana’naviy axborot olish vositalari bilan cheklanganlarga qaraganda ancha yaxshi bilaman, deb hisobladilar.
Internet – bu istalgan savolni berib, dunyoning barcha bilimlariga yo‘l ochadigan, taxminan barmoqlarimiz uchidagi makon. Egallagan bilimlarimizni bu tashqi manba ma’lumotlari bilan aralashtirib osonlashib bormoqda. Odamlarda o‘z-o‘zidan biladigan narsalariga nisbatan noaniq tasavvur uyg‘onib, internetga mut’e bo‘lib qolishadi.
Mettyu Fisher, psixologiya fanlari nomzodi.
Tajribalarning birida talabalar ikki guruhga bo‘linib, biriga internet, ikkinchisiga bo‘lsa, bir parcha qog‘ozdagi ma’lumotlardan foydalanib, molniya-ilg‘ich (zamok)ning qanday ishlashi to‘g‘risidagi savolga javob berishlari so‘raldi.
Shundan so‘ng ikkala guruhga ham birinchi savolga umuman bog‘liq bo‘lmagan: “Nega bulutli ob-havoda kechalar iliq bo‘ladi?”, degan savol berildi. Internetdan ma’lumot qidirish imkoniyati berilgan guruh bu safar ularda bunday imkon yaratilmaganiga qaramay, savolga nisbatan dadil javob qaytarishdi.
Yel universiteti psixologiya professori Frenk Keyl (Frank Keil)ning ta’kidlashicha, “qidiruv rejimida ma’lumotning yetib kelish” effekti shunchalar katta ta’sir kuchiga egaki, inson internetdan chiqqandan keyin ham u ancha uzoq vaqt davomida saqlanib qolgan. Tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan muhim qarorlar qabul qilish haqida gap ketganda bu holat xavfli bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilar qiyin vaziyatlarda ishonchli qarorlar qabul qilinishi uchun ba’zan internetdan ma’lum bir muddat uzoqlashish kerakligini taxmin qilishmoqda. Shuningdek, ular mobil internet taraqqiyoti sababli bir inson va butun insoniyat bilimlari o‘rtasidaga chegara kundan-kunga yo‘qolib borayotganini, ammo bu shaxsiy kamolotga erishishni osonlashtirmay, aksincha kishining ma’lum bir soha professionali bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotganini ham ta’kidlashdi.


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 3517 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tizim, qidiruv, Inson
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное