Google natijalar matn terilishi bilan parallel ravishda paydo bo‘ladigan va so‘rov o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgaradigan bir zumlik qidiruv funksiyasini o‘chirib qo‘ydi.
Kompaniya vakilining aytishicha, qidiruv so‘rovlarining 50 foizdan ko‘prog‘i boshqacha kiritish usullari va ekranlarga ega smartfonlarga to‘g‘ri kelgan.
"Buni hisobga olib, istalgan qurilmalar uchun tezkorroq qidiruv mashinasini yaratishga e’tiborni mujassamlashtirish uchun biz "jonli" qidiruvdan voz kechdik", deb aytgan kompaniya vakili.
Foydalanuvchi so‘rovni terganda turli variantlar taklif qilinadi, u ulardan birini tanlashi yoki Enter yoxud "Qidiruv"ni bosishi kerak bo‘ladi.
"Jonli" qidiruv 2010 yilda ishga tushirilgandi. U foydalanuvchining qidiruv so‘rovini topishga harakat qilgan va matn terila boshlanishi bilan natijalarni ko‘rsata boshlagan. Foydalanuvchi matnni kiritishni davom ettiraversa, natijalar avtomatik ravishda yangilangan. Taklif qilingan variantlar boshqa foydalanuvchilarning qidiruv so‘rovlari va Google’da qayd qilingan sahifalar mazmuni tahlili asosida tanlangan.