Google va Samsung Android’ni “tozalash”ga kelishib olishdi
Android yaratuvchisi bo‘lgan Google va eng katta smartfon
ishlab chiqaruvchisi Samsung kelishib olishdi: bir-biriga aybni to‘nkab
yurishdan ko‘ra, hamkorlik qilgan ma’qul. Bu xususda "Sukerberg pozvonit” sayti xabar
bergan.
Samsung so‘nggi paytlarda iloji boricha Google Play do‘koni
dasturlaridan uzoqroq bo‘lishga harakat qilib, unga raqobatchi sifatida o‘z
Samsung Hub dasturini ham yaratgandi. Re/code xabariga ko‘ra,
Google va Samsung kelishib olishdi: Janubiy Koreya kompaniyasi endi Android
operatsion sistemasidagi standart dasturlar: soat, kalendar, dasturlar
do‘koniga o‘xshash dasturlarni o‘z Galaxy qurilmalari uchun ishlab
chiqarmaydigan bo‘ldi.
Ikki kompaniya o‘rtasidagi kelishuv Consumer Electronics
Show ko‘rgazmasi arafasida boshlangandi. Google o‘shanda Samsung aslida Android
operatsion tizimida mavjud bo‘lgan imkoniyat va servislarning nusxalarini
yaratayotganidan norozilik bildirgan edi.