Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Google Motorola Mobility’ni Lenovoga sotib yubordi


Xitoyning Lenovo kompaniyasi uyali aloqa telefonlari ishlab chiqaruvchi Motorola Mobility’ni Google’dan sotib oldi. Mazkur shartnoma qiymati 2,91 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, deya xabar qiladi The Verge.

Lenovo shartnoma imzolanganidan keyin Google’ga 660 million AQSh dollari to‘laydi, yana 750 millionini esa qimmatli qog‘ozlar shaklida taqdim etadi. Qolgan 1,5 milliard dollarni bo‘lsa kompaniya uch yil davomida to‘laydi. Ammo Motorola’ga tegishli patentlarning aksariyati Google’ning o‘zida qoladi.

Google kompaniyasi Motorola’ni 2012-yilda 12,5 milliard AQSh dollariga sotib olgan edi. O‘sha yilning oxirida esa u Motorola’ning televizion pristavkalar ishlab chiqaruvchi bo‘limini 2,5 milliard AQSh dollari evaziga sotdi.

Motorola kompaniyasiga 1929-yilda AQShda asos solingan. O‘shanda u telekommunikatsiya jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. 1983-yilda esa u ilk tijorat uyali telefonini ishlab chiqardi. 1990-yillarda Motorola uyali aloqa telefonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi edi.



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2625 | Рейтинг: 1| Рейтинг: google, Motorola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное