Yangi tadqiqot: insonlardagi uyqu davomiyligi sabablari o‘rganildi
Michigan universiteti olimlari matemalik modellashuv, mobil ilovalar hamda ko‘plab ma’lumotlar asosida kunlar tartibi ustida tadqiqot o‘tkazishdi. Bundan maqsad biologik va ijtimoiy omillarni insonning uyqu va uyg‘oqlik paytida qanday ta’sir etishini aniqlashdan iborat bo‘ldi. Tadqiqot Science Advanced jurnalida yoritildi.
Tadqiqotga 100 mamlakatdan qatnashgan minglab insonlardan ma’lumot olindi. Olimlar tadqiqotda ishtirok etgan kishilarning yoshi, jinsi va mamlakati hisobga olishdi.
O‘rganilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, uyquning o‘rtacha davomiyligi turli davlatlarda har xil bo‘lar ekan. Masalan, Singapur va Yaponiyada bu ko‘rsatkich 7 soatu 24 daqiqani tashkil etgan bo‘lsa, niderlandlar 8 soatu 18 daqiqa uxlashar ekan. Tadqiqotchilarning fikricha, qo‘shimcha yarim soatlik uyqu ham inson salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.
Bundan tashqari, olimlarning ta’kidlashicha, o‘rta yoshlarga kelib, ayollar erkaklarga qaraganda 30 daqiqa ko‘p uxlashar ekan. Ana shu davrda ular vaqtli yotib, kech turishar ekan. Ko‘chada ko‘p yuradigan odamlar uyda o‘tiradiganlarga qaraganda erta yotib, uzoqroq uxlashar ekan.