Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog‘istonda Orol dengizi qayta tirilmoqda

Orol fojiasini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natija bermoqda, deb yozadi Novosti-Kazaxstan agentligi.
Sirdaryo suvlaridan samarali foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan Kichik Orol qo‘lbola dengizini yaratishga muvaffaq bo‘lindi.
“Sirdaryo daryosi o‘zanini boshqarish va Orol dengizining shimoliy qismini saqlab qolish” loyihasining ijrosi Aralsk shahriga port maqomining qaytarilishiga olib keldi.
Aytilishicha, fojia yillarida suv shahardan 150 km uzoqlikka ketgan edi. Bugungi kunda, ta’kidlanishicha, bu masofa 17 km ga qisqargan. Suvning ko‘payishi bilan esa baliq ovi ham yaxshilangan. Mahalliy baliqchilar kuniga 200 kg dan baliq ovlayotganlarini ma’lum qilmoqda.
“Orolni 20 yil muqaddam ko‘rgan edim. Bu yerda cho‘llar edi faqat. Bugun hammasi o‘zgaribdi. Ko‘p chiroyli joylar paydo bo‘libdi. Bu jahon tarixida birinchi marta dengizning qutqarib qolinishi”, - dedi fransiyalik jurnalist Izabel Maglan, o‘z taassurotlarini ifodalar ekan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 6715 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Orol dengizi, Qozog‘iston
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное