Qozog‘iston avtodilerlari mashina sotishni to‘xtatishdi. Tengrinews resursining xabar berishicha, ayni paytda mashina narxlari dollarning amaldagi kursiga ko‘ra qayta baholab chiqilmoqda.
Sotuvlarni “Astana-Motors”, Allur Auto va “Bipek Avto” kompaniyalari to‘xtatdi. Ular yopilgan paytda AQSh valyutasining narxi 255.26 tengeni tashkil qildi.
O‘tgan chorshanba Qozog‘iston fond birjasida dollar savdosi tugaganida 1 dollar 197.9 tengega teng edi. Shu tariqa, dollar kursi 28.9 foizga oshdi.
Eslatib o‘tamiz 20 avgust kuni mamlakat rahbariyati tengening “suzuvchi” kursga o‘tishini e’lon qilganidan so‘ng Qozog‘iston milliy valyutasi dollarga nisbatan keskin tusha boshladi. Bugun banklarda dollar 259 tengega sotildi, bu bir kun oldingidan 60 tengega ko‘proqdir.