Qozog‘istonda 12 yoshli bola singillarini yong‘indan qutqardi
Qozog‘istonning Oqtepa shahridagi ko‘p qavatli uyda yong‘in kelib chiqishi oqibatida u yerdan 80 kishi evakuatsiya qilindi. 4 bola va uning ota-onasi yo‘lovchilar tomonidan qutqarib qolindi, deb xabar beradi Aktobe Times nashri.
Aytilishicha, voqeaga guvoh bo‘lgan odamlar kafe soyaboni yordamida oilani yerga tushirib olgan. Uyda istiqomat qiluvchi 12 yoshli bola chinakam qahramonlik ko‘rsatgan: u o‘zini va ikki singlisini is gazidan zaharlanishdan asrab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Yong‘in boshlangan vaqtda u 9-qavatdagi xonadonda singillari bilan yolg‘iz bo‘lgan. Onasining ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar qilishicha, u yong‘in haqida xabar topishi bilan darhol singillarini kiyintirib, balkonga chiqqan, xonalarni esa yopib qo‘ygan. Bolalar o‘sha yerda toza havodan nafas olib turishgan.
Qutqaruvchilar 4 daqiqa ichida yetib kelgan. Yong‘in 6 kv m hududni egallagan. Hech jarohat olmagan.