Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Qozog‘iston 3-avgustdan karantin cheklovlarini yumshatadi

Qozog‘istonda o‘rnatilgan qatʼiy karantin 3-avgustdan yumshatilishi mumkin. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy xabar berdi.

Xususan, 3-avgustdan savdo-ko‘ngilochar markazlari, savdo uylari, savdo tarmoqlari, usti yopiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat bozorlari kun va vaqti chegaralangan holda, turli bolalar to‘garaklari, bog‘chalar, go‘zallik salonlari, 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollarda milliy terma jamoa mashg‘ulotlariga, 3 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda sayr qilishga, jamoat transportining maʼlum miqdordagi odamlar bilan harakatlanishiga ruxsat berildi.
Shuningdek, davlat idoralari va ofis ishchilarining 80 foizi masofaviy ish rejimida qoladi.
Ommaviy tadbirlar o‘tkazish, ko‘ngilochar muassasalar faoliyati, kinoteatr, fudkortlar, restoan va barlar, muzey, ko‘rgazma va forum o‘tkazish, sport zallari, akvaparklar, diniy muassasalar faoliyatiga taqiq saqlanib qoladi.


Manba:zamon.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 2177 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qozog‘iston, karantin, 3-avgust, cheklovlar, yumshatadi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное