Obid Asomov Qozog‘istonga ketganining sababini ma’lum qildi
Ayni paytda “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida tushgan suratlarini e’lon qilib borayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov ushbu mamlakatga tashrifining sababini keltirib o‘tdi.
“Qozoq do‘stlarimiz bir kinoga chaqirishdi Ostonaga! Yangi yilga bag‘ishlangan kino! Ertakchi men ekanman! Endi yangi mish mish chiqadi: "Obid Qozog‘istonga ko‘chib ketibdi”, - deya izoh qoldirdi o‘zbekistonlik so‘z ustasi e’lon qilingan suratlarning birida.
Bundan avvalroq Obid Asomov “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali 5 yildan beri nima uchun sahnalarda ko‘rinish bermayotganini izohlagan edi.
"Hurmatli muxlislarim! Shuncha maqtovlarni eshitib, erib ketmasam bo‘ldi sartyog‘day. Sizlarning duolaringiz bilan shunchalik yuribman! Ko‘p marta qaytariladigan savollarga yana bir marta javob bermoqchiman. Sahnaga chiqish, konsert berish va televidenieda ko‘rinish mening qo‘limda emas. Afsuski, Obid Asomov hammaga ham birday yoqmaydi!", - deb yozgan edi Obid Asomov