O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida kontrakt narxlari 15 foizga oshdi
2015/16-yilgi o‘quv yili uchun Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya qilingan abituriyentlarning o‘qish uchun to‘laydigan qiymatlari belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Abituriyentlarni to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat komissiyasi tomonidan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to‘lov har yili kontrakt shartlarida ko‘rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.