Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi 29-maktabda o‘quvchilar o‘qituvchini kaltaklagani haqida xabarlar va video tarqaldi. Xalq ta’limi vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab o‘qituvchi o‘quvchini sinfdan chiqarib yuborgan. O‘quvchi esa sinfga qaytib kirib, o‘qituvchiga qo‘l ko‘targan. Qolgan o‘quvchilar esa o‘qituvchi va o‘quvchini ajratgan.
Ayni vaqtda mazkur holat Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi hamda ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha aniq ma’lumotlar taqdim etiladi.