Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qashqadaryoda maktab o‘quvchisini yuqori sinf o‘quvchilari ayovsiz kaltaklagani aytilmoqda


Qashqadaryoda 8-sinf o‘quvchisini yuqori sinf o‘quvchilari ayovsiz kaltaklagani aytilmoqda.Holatni o‘rganayotgan Nasafnews’ning xabar berishicha, bolani 27-maktabning 9-sinf o‘quvchilari guruh bo‘lib do‘pposlagan. Holat maktab stadionida sodir bo‘lgan.

Jabrlangan bola hozirda Qarshi shahridagi tez yordam markazida og‘ir ahvolda qolmoqda. U og‘ir jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi.Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javohir Rustamov “Daryo” so‘roviga javoban holatni tasdiqladi. “Haqiqatan ham bu holat yuz bergan. Voqea tegishli tartibda o‘rganilmoqda. Tez orada batafsil ma’lumot beramiz”, — dedi u.

Qashqadaryo IIB axborotiga ko‘ra, holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olinib, hozirda Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 861 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sinf, o‘quvchilari, Qashqadaryo, Yuqori, o‘quvchisi, ayovsiz, Maktab, aytilmoqda, kaltaklagani
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:02
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное