Telegram orqali mushtariylardan kelgan savolga O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazir o‘rinbosari J.Sidiqov javob berdi:
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 275-sonli qaroriga asosan umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari eng kam ish haqi miqdoriga (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 noyabrdagi PF-5245-sonli Farmoniga asosan 2017 yil 1 dekabrdan boshlab 172 240 so‘mni tashkil qiladi) nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:
a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun;
15 nafar o‘quvchigacha — 50 foiz (86 120 so‘m);
16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 60 foiz (103 344 so‘m);
21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 70 foiz (120 568 so‘m);
26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 80 foiz (137 792 so‘m);
31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 100 foiz (172 240 so‘m);
b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — 50 foiz (86 120 so‘m), sinfdagi (sinf-komplektdagi) o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lgan kam komplektli maktablarda esa — 25 foiz (43 060 so‘m);
v) informatika kabineti mudirligi uchun — 50 foiz (86 120 so‘m).