O‘zbekistonda bahorgi maktab ta’tiliga bir kun qo‘shildi
O‘zbekiston maktab o‘quvchilari mamlakatda dam olish kuni deb e’lon qilingan 20-martdan bahorgi ta’tilga chiqadi. Bu haqda, Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ta’til 27-martga qadar davom etadi. Xalq ta’limi vazirligi 20-martdagi dars soatlarini bahorgi ta’tildan so‘ng, 28—31-mart kunlari amaldagi darslarga qo‘shimcha taqsimlab o‘tishni tavsiya qildi.