Mirobodda uyida fohishaxona saqlagan erkak ushlandi
Poytaxtning Mirobod tumanida fohishaxona fosh etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“11-iyul kuni taxminan soat 20:30 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Lixosherstniy Yevgeniy Vladimirovich Mirobod tumani, G. Aliyev ko‘chasi, 204-uy, 37-xonadonda fohishaxona saqlab, 40 ming so‘m pul evaziga ikki fuqaroga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan Tergov bo‘limi tomonidan JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.