Beeline operatorining o‘zbekistonlik abonentlari kompaniya ko‘rsatayotgan xizmat sifatidan nolimoqda. Shikoyatlarda mobil internet paketlarni taqdim etish xizmatida texnik uzilish sodir bo‘lgani, mijozlar hisobidan asoslanmagan holda pul mablag‘lari yechib olingani singari kamchiliklar aytilmoqda.
Iyun oyida Unitel MChJ tomonidan O‘zbekiston qonun hujjatlari talablari buzilayotgani xabar qilingan edi. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlardan kelib tushgan murojaatlar tahlili va monitoring natijalariga tegishli ko‘rsatmalar va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Joriy yilning yanvar va may oylari oralig‘ida inspeksiyaga kelib tushgan shikoyatlarning 29.7 foizga oshgan, bundan 74 foizi mobil aloqa xizmati sifati bo‘yicha, jumladan, tarmoqning qamrov hududi, muvaffaqiyatsiz bog‘lanishlar ulushi, yuklangan sektorlar ulushi, ma’lumotlar almashish tezligi, aloqani tiklash vaqti yuzasidan shikoyatlarni tashkil etadi.
Inspeksiya ko‘rsatmadagi talablara bajarilmagan taqdirda tegishli choralar ko‘rilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
“Darakchi” gazetasi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bu borada foydalanuvchilarning fikrlarini o‘rganib chiqmoqda.
“Beeline qachon to‘layotgan pulimizga yarasha sifatli xizmat ko‘rsatadi?”, – deydi Bek Qamariddin Shayxov ismli ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
“Nega 2.99 dollarlik “Mega hafta” xizmatini mijozlarni ogohlantirmasdan 3.50 dollarga oshirib qo‘yishdi?”, – savol beradi boshqa foydalanuvchi, Hamidbek Yusupov.