Beeline 900 ta yangi baza stansiyalarini ishga tushiradi
Beeline aloqa operatori butun O‘zbekiston bo‘ylab 900 ta
yangi baza stansiyalarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, deya xabar
berdi UzDaily.
Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Safronyuk Uzinfocom
jurnaliga bergan intervyusida kompaniya regulyatori bilan baza stansiyalarini
ishga tushirish bo‘yicha kerakli kelishuvlarga erishilayotgani haqida ma’lum
qilgan.
"Ushbu hujjatlar kompaniyaga 900 tagacha yangi baza
stansiyalarini ishga tushirish imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida aloqa
sifatining yaxshilanishiga olib keladi”, — deya ta’kidladi bosh direktor.
Shuningdek, u ayni paytda tarmoq rekonfiguratsiya qilinayotgani, bu qisqa
muddatli nosozliklarga sabab bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Andrey Safronyuk 2014-yilda kompaniya tarmoqni
rivojlantirish va Beeline aloqa hududini kengaytirish ishlarini davom
ettirishini bildirdi.