Xonanda kenja o‘g‘li Muhammad Yunusning tobi yo‘qligini ma’lum qildi.
“Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Madina Mumtoz 2015 yilda ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘lgani xaqida xabar bergan edik. Uzunquloq gaplarga qaraganda xonanda kichik o‘g‘lining betobligi sabab Yangi yilni shifoxonada kutib oladi. “Sovuq tushgani uchun biroz shamollab qoldik, shifokorlar Yangi yilni uyda kutishga ruxsat berishmadi. Nachora sog‘lik hamma narsadan ustun”, – deydi xonanda qalampir.uz muxbiri bilan suhbatda.