Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOK HABARLAR

Kaltaklangan 4 yashar qizchaning ota-onasi jurnalistlarga tahdid qildi


11 noyabr kuni “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Uchburchak” tok-shousida 4 yashar qizni otasi ayovsiz urayotgani tasvirlangan video namoyish etilgan edi. Ushbu video ayni damda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘rsatuv 12 noyabr kuni takroran efirga uzatildi.

Dastur mualliflari Nozima Vohidova hamda Nilufar Umrzoqovaning qo‘liga ushbu video tomoshabinlar orqali yetib kelgan va TVda namoyish etilgan lavhalar videodan parcha, xolos. To‘liq videoda esa bundan ham ayanchli lavhalar borligini aytadi jurnalist Nozima Vohidova.

“Bu videoning to‘liq talqinini ko‘rganimizdan keyin na tunimizda, na kunimizda halovat bo‘ldi. Biz Nilufar bilan videodagi qizaloqning ota-onasini topdik. Bolaning onasi ayni damda Turkiyada istiqomat qiladi. Bilishimcha, u ham oiladagi mojarolardan so‘ng mamlakatdan chiqib ketgan. Ushbu videoga asoslangan holda ko‘rsatuvni suratga olishni boshlaganimizda bolaning onasi bilan bog‘landik va uni dasturda ishtirok etishga ko‘ndirgan edik, biroq oradan biroz muddat o‘tib ayol fikridan qaytdi”.

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘z qizini ayovsiz kaltaklayotganini videoga olgan ota ushbu videoni internet orqali uning onasiga, ya’ni turmush o‘rtog‘iga jo‘natgan. Video shu tariqa tarqalgan. Jurnalist Nilufar Umrzoqova ko‘rsatuvni tayyorlash jarayonida duch kelgan holatlarini bayon etarkan, qizchaning onasi ularga tahdid qilganini aytadi:

“Agar biz bu lavhani ko‘rsatsak, ularning oilasini sharmandalikka tutgan bo‘larkanmiz. Ular bizni javobgarlikka tortishlarini aytib, tahdid qilishdi. Agar bu lavhani ko‘rsatmaganimizda javobgarligimiz ming marta ortar edi”.

Ayni damda mazkur ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Категория: SHOK HABARLAR
Просмотров: 10252 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Kaltaklangan, qizcha, Ota-Ona, jurnalistlarga tahdid qildi, 4 yashar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Равшан пишет: | 14.11.2017 | 22:01 ( E-mail ) #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует Ота деган номга нолойик,хайвон эканку.Узингни фарзандингни урасанми номард.Сени хам шунака килиб уриш керак.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное