Rixsitilla Abdullaev nafaqat istidorli aktyor, mohoratli teleboshlovchi, balki farzandlariga mehribon ota hamdir. Buni uning ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan ayrim suratlaridan bilsa bo‘ladi. Rixsitilla Abdullaev bugun tongda ham o‘g‘li bilan tushgan suratini tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga joylashtirib, ota-onalarga yuzlandi.
“Va nihoyat yozgi tatil kunlari boshlandi. Berilgan va’dalar bajarildi, choraklar yaxshi baholar bilan yopildi. Bolalarimizning ta’tili ko‘ngilli o‘tsin. Ularni doim nazoratda tuting, ayniqsa, oqar suvlardan. Ko‘proq o‘zimiz vaqt ajrataylik”, deb yozadi aktyor.
Rixsitilla Abdullaevning so‘zlarida jon bor. Farzandlaringizga e’tiborliroq bo‘ling, ochiq suv xavzalarida cho‘milishlariga yo‘l qo‘ymang. Ularni nazoratsiz qoldirmang.