Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Sensizlik
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Pazanda - Sad Love
. Qor Alangasi - Soundtreck [Dream]
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Yoz Ifori - Soundtreck
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

O‘zbek kinosi: nega barcha filmlarda ota-ona bir xil?

O‘zbekistonda oxirgi yillarda ko‘plab filmlar ishlab chiqarilmoqda. Aksariyati maishiy mavzularga yo‘naltirilgan bu kartinalarda oila a’zolari, shu jumladan, ota-onalar obrazlari ham o‘yinchi kadrining ajralmas qismiga aylanib qolmoqda.
Ammo negadir aksariyat filmlarda ota-ona rolini aynan bir xil aktyorlar ijro etadi. Aktyorlar har qancha iste’dodli bo‘lmasin, bu kinolarni bir xil qilib qo‘ymoqda, hatto tomoshabinlar ayrimlarini bir-biridan farqlay olmay qolmoqda. Bu masala “Darakchi” gazetasida yoritildi.
“Istasangiz, sinab ko‘ring: so‘nggi yillarda suratga olingan xususiy kinokartinalar titrini o‘tkazib, tomosha qiling-a! Bosh qahramonlar tugul, ularning ota-onasi ham filmdan filmga ko‘chib yurgani bois soatlab bitta kinokartinani ko‘rayotgandek bo‘lasmiz”, - deb yozadi jurnalist.
“Mehrobdan chayon” videofilmidagi Nigoroyim, “Uvaysiy”dagi Nodirabegim kabi tarixiy filmlarda toblangan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Yarasheva ham rejissyorlarning “ona qolipi”ga tushib qolgan”, - so‘zida davom etadi u. Darhaqiqat, keltirilgan ro‘yxatdan ma’lum bo‘ladiki, oxirgi 5-6 yil ichida aktrisa 5ta filmda bosh qahramonning onasini gavdalantirgan.

Lekin uning hamkasbi Saida Rametova 12 yil ichida ijro etgan “ona” va “qaynona”lari har qanday rekordni yangilashga qodir – bu davr ichida aktrisa qariyb 20ta kartinada xuddi shunaqa obrazni gavdalantirgan.

Erkak aktyorlar ichida bu borada birinchilik Ubaydullo Omonga tegishli: 8 yil ichida aktyor 10dan ortiq “ota”larni ekranda namoyish etib bergan. Uning bu boradagi doimiy raqobatchisi bo‘lgan Matyoqub Matchonov undan ko‘rsatkichlari bo‘yicha biroz ortda qolmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 7711 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: barcha, bir xil, Ota-Ona, film, Nega, O‘zbek kino
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
abbos996 Ha to'gri bularni sal kamaytiriw kerakmi yani bir xil qolipni dimoqchiman
Like | 0
Dilso'z пишет: | 21.10.2015 | 21:42 #1 Страница с комментарием
omina1710 Nima qilishsin yoshi katta aktyorlarimiz ko'p emasda yoshlarga qaraganda, lekin yuqoridagilar ro'llarini juda zor o'ynashadi menga bularni kinolari juda yoqadi ayniqsa Saida Rametova
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное