Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Choli Qushi-soundtreck
. Vorislar - Narin ne (serial korea)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck (of Rada Ray)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Osiyo-Asi [+ soundreck]
Главная » Файлы » TANQID va TAXLIL

«Ota-onamning yuziga oyoq qo`ygandim...»





 Bir insonga ko`ngil qo`yib, es-xushimdan ayrildim. Uning gap so`zlariga ishonib, hatto oq ko`ylak kiymay turmush qurishga, u bilan qochib ketishga ham rozi bo`ldim. Bunga ota-onam ham, qaynona-qaynotam ham qarshi chiqishgandi. Ammo kun kelib bizni kechirishadi degan hayolda nikohdan o`tdik. Oilamiz poydevori mustahkam emas ekan, ko`p o`tmay nuray boshladi. Erimning ichib kelib do`pposlashi, xaqoratlariga chidolmay uch oylik farzandim bilan ota uyimga qaytdim. Tig`siz so`ygani esa uning xiyonatlari bo`ldi. Hozir u farzandini ko`rishni ham, bilishni ham istamaydi. Qaynona-qaynotam ham nabiralarining holidan xabar olishmaydi. Bolam ota mehrini ko`rsin, deb har zamonda dadasiga qo`ng`iroq qilib gaplashtiraman. 3-4 marta ko`rgani kelganida o`g`limning otasiga mehri tushgan-da. O`g`lim yaqinda uch yoshga to`ldi. Tug`ilgan kunida saharlab turib otasini kuta boshladi. Chunki, oxirgi marta gaplashtirganimda dadasi shu kuni kelishni va`da bergandi. Kechgacha darvozaga mo`ltirab o`tirdi bolam bechora. Ammo u kelmadi... Shu bo`yi otasini yomon ko`rib qolgan, «Dadalar yomon bo`larkan» deydi har zamonda. Erimning boshqa ayolga uylanib, farzand ko`rganini onamga aytib berayotganimda eshitib qolgan shekilli, «Dadam boshqa bolasini yaxshi ko`radi»  deydi ba`zida. O`sha kundan buyon otasining ismini eshitgisi ham yo`q. U haqda gapirsam o`zini bilmaslikka oladi. Farzandimga qanday munosabatda bo`lishni, nima deb taskin berishni bilmayapman. Nima qilsam bolam hayotda alamzada bo`lib qolmaydi?

Umriya, 30 yosh, Buxoro viloyati

Qaynonajon: — Har ikki tomon ham ota-onani zor qaqshatib baxtga erishmoqni istagansiz. Yo`q, hech qachon bu yo`l bilan muddaoga etib bo`lmaydi. Endigi maqsad – bolani to`g`ri tarbiyalash. Kichkintoyingizni ardoqlang, diliga ozor bermang. Otasi borligini bilgani yaxshi. Biroq uning murg`ak, beg`ubor tasavvuriga «Otang boshqa ayolga uylangan, ukang bor» kabi so`zlaringiz ozor beradi. Boshqa oilada yashayotgan otasini «Tug`ilgan kuningda keladi» deb ishontirish, kuttirish, ruhiyatini sindirish kerak emas edi. Aqlli ayollar bolalariga er-xotin o`rtasidagi har kanday gap-so`zlarni bildirishmaydi. Otasini yomonlab o`zini aziz, jabrdiyda ko`rsatishni istagan onalar xato qiladilar. Chunki bola hamma narsani bugun bo`lmasa, ertaga tushunib etadi va taroziga soladi. Shunda sizdan ko`ngli qolishi mumkin. Bolaga ona qanchalik aziz va kerakli bo`lsa, ota ham shunday. Otasining vijdoni uyg`onib bolasining boshini silagani, kemtik ko`nglini ko`targani kelib qolsa, yaxshi gapiring, hozirgi oilasidan sovutmang. Dilingizni onalik baxti munavvar qilsin.

Shahnoza Xalilova, ruhshunos: — Ruhshunos sifatida birinchi navbatda bolani tinchlantirishni maslahat beraman. Uning murg`ak qalbida kuchli agressiya to`plangan. Agar shu quvvat hozir to`g`ri yo`naltirilmas ekan kelgusida uning hayoti izdan chiqib ketishi mumkin. Bolangizga otasini yomonlang demayman, shu bilan birga maqtab yo`q narsalarga, sarobga ishontirib qo`ymang. Ularni ishontirish juda oson, ammo shu ishonchni oqlash mushkul. Kutgani sodir bo`lmaganida esa kichkintoyning alamzadaligi oshadi. Bolani sobiq eringiz bilan o`rtangizdagi munosabatlarga aralashtirmang, munosabatlarni tiklashda undan foydalanishga ham urinmang. 


Категория: TANQID va TAXLIL
Просмотров: 5327 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ota-Ona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное