AQSh moliya vazirligi tomonidan “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti sarmoyasi hisoblab chiqildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
AQSh g‘aznasi bosh mutaxasisi Adam Shubinning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilik tashkilotining mablag‘i bir yarim milliard dollarga teng.
“Ular Iroq va Suriyada qo‘lga olingan seyflardagi yarim milliard dollardan bir milliard dollargacha bo‘lgan mablag‘ga egalik qiladi, qolgan 500 million dollar pul qora bozorga neft sotish evaziga orttirilgan”, —dedi Shubin.
U shuningdek, terrorchilarning odamlarni qo‘rqitish va qiynoqqa solish orqali ham pul ishlaganini aytib o‘tdi.