DAISHning sobiq asirasi BMTning ko‘ngilli elchisi bo‘ldi
“Islom davlati” terrorchilik tashkiloti tasarrufidagi hududda asirlikda hayot kechirgan ayol Birlashgan millatlar tashkilotining ko‘ngilli elchisi etib tayinlandi, deb yozadi “Lenta.ru”.
23 yoshli Nadiya Murad Bazi Taxa qullikni boshdan kechirgan insonlarning haq- huquqlarini himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanadi.
O‘tgan yili Murad BMT xavfsizlik kengashiga o‘z tarixini so‘zlab bergan edi. 2014 yilda u DAISh jangarilari tomonidan qo‘lga olingan va ularning ommaviy qatllarining guvohi bo‘lgan edi.
Terrorchilar uni bir necha marotaba sotib yuborgan.
BMT boshqarmasidan qayd etishlaricha, qullikni boshdan kechirgan insonning tashkilot elchisi etib tayinlanishi birinchi marta yuz bermoqda.