“Islom davlati” jangarilari o‘z qo‘mondonlarining 11 nafarini qatl etdi
“Islom davlati” terroristik guruhi jangarilari xoinlikda ayblab, Iroqda o‘zlarining 11 nafar qo‘mondonlarini qatl etdi, deya xabar bermoqda Fars agentligi.
Qatlga 2-martda Iroq hukumati qo‘shinlari keng ko‘lamli hujumlar boshlagach, 150 nafar ekstremistlar, jumladan ushbu qo‘mondonlarning Tikrit shahridan qochib ketgani sabab bo‘lgan. 30 ming harbiydan iborat Iroq kuchlari shaharning sharqiy va janubiy qismlari ustidan nazoratni qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.