DAISH o‘z hududining Yirik qismi va daromadidan ayrildi
“Islom davlati”(DAISh)terrorchilik harakati so‘nggi 14 oy ichida Suriya va Iroqdagi o‘z tasarrufidagi yirik hududlaridan ayrildi,deb yozadi “Lenta.ru”.
Mazkur ma’lumotlarni IHS tahlil agentligining tadqiqotlari natijasida taqdim etildi.
Agentlik vakillarining hisob-kitoblariga ko‘ra, DAISh terrorchilik tashkiloti bu vaqt ichida neft savdosi bilan bog‘liq daromadlarining 40 foizidan mahrum bo‘ldi.
Tahlilchilar buni terrorchilar Suriya-Turkiya chegarasi ustidan nazoratni yo‘qotgani bilan izohlamoqda.