Daish jangarilari Facebook va Twitter asoschilariga Tahdid qildi
DAISh terrorchilik tashkiloti jangarilari Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari asoschilariga qaratilgan tahdidlar aks ettirilgan videorolikni tarqatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Telegram messenjerida tarqalgan videorolikda ikkala ijtimoiy tarmoq asoschilari Mark Sukerberg va Jek Dorsining o‘shq bilan ilma-teshik qilingan suratlari aks ettirilgan.
Video mualliflari “Saytlari yo‘q qilingandan keyin Sukerberg va Dorsining ham ismlarini o‘chirib tashlash” bilan tahdid qilgan.
Bundan tashqari, lavhada foydalanuvchilarning sahifalariga kirilib, egalarining suratlari o‘zgartirilishi, tashviqiy materiallar joylashtirilishi ko‘rsatilgan. Terrorchilar Facebook’dagi 10 mingdan ortiq individual sahifa, 150 guruh hamda Twitter’dagi 5 mingdan ortiq sahifalarga shu yo‘l bilan kirib olganlarini iddao qilgan.