Keti Perri Twitter’da “follover”lar bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Twitter’da yangi qirol, aniqrog‘i, qirolicha paydo bo‘ldi. Amerikalik
qo‘shiqchi Keti Perrining ushbu tarmoqda uning yangiliklarini kuzatib boruvchi
obunachilari soni 50 milliondan oshdi. Twitter’ga asos solinganidan beri bu mutlaq rekord hisoblanadi, deb xabar
beradi ITAR-TASS.
Uning Prism nomli to‘rtinchi albomidan o‘rin olgan Dark
Horse deb atalgan qo‘shig‘ining muvaffaqiyati uning Twitter’da "ko‘tarilishi”ga
sabab bo‘ldi. Ushbu haftada qo‘shiq Billboard 100 xit-paradida eng yuqori pog‘onani
egalladi.
Shu tariqa, "follover”lari 50 milliondan oshib ketgan Keti
Perri Twitter’da 49,2 million muxlisga ega bo‘lgan Jastin Biberdan mashhurlikni
tortib oldi.
Twitter mashhurlari reytingida Obama 41,2 million muxlisi
bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.