Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

DAISh Rossiya metropolitenida portlash uyushtirmoqchi

Jangarilar Rossiya hududiga sayyohlar ko‘rinishida kirishni rejalashtirayotgani aniqlangan.
Rossiya Federatsiyasida DAISh bilan aloqador muammo chiqmasligi uchun juda qattiq nazorat o‘rnatilgan. Albatta, terroristik guruh rahbarlarining ham bundan xabari bor. Mamlakatga kirishning hech bir imkoni topilmagach, DAIShning 3 nafar jangarilari sayyoh ko‘rinishida Rossiya hududiga kirmoqchi. Bu haqda “Regnum.ru” nashri ma’lumot beradi. Ularning bu rejasi Rossiya hukumatiga ayon. Shu sababli nazorat yanada kuchaytirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, DAISh jangarilari Saudiya Arabistonidan Tunisga, u yerdan Suriyaga kelishgan. Endilikda esa ular Rossiyaning Yekaterinburg hamda Sankt-Peterburg shaharlaridagi metropoltenlarning biriga hujum uyushtirish istagida. 3 nafar jangari va ikki hudkush ayol mamlakatning maxsus xizmati tomonidan qidirilmoqda. Maxsus xizmat bergan ma’lumotlarga ko‘ra ular terroristik hujumni har ikki shaharda, bir kunda amalga oshirishni rejalashtirgan.
Umida Yakubova


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2810 | Рейтинг: 0| Рейтинг: DAISh, Rossiya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное