DAISH Jinsiy Qullikka rozi bo‘lmagan 250 nafar Ayolni Qatl etdi
DAISh(Islom davlati) terrorchilik guruhi jangarilari Mosul shahrida jinsiy qullikka rozi bo‘lmagan 250 nafar ayolni qatl etdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilar ayollar va qizlarni jangarilar bilan vaqtincha nikohdan o‘tib, birga yashashga majburlagan. Jinsiy qullikka rozi bo‘lmagan ayollar va qizlar esa boshqa oila a’zolari bilan birgalikda qatl etilgan. Shuningdek, mosullik ayollarga uylaridan yolg‘iz chiqish, jamoat joylarida yuzi va sochi ochiq holda ko‘rinish va mustaqil ravishda turmushga chiqish taqiqlangan.