Mutaxassislar DAISH fitnalariga uchmaslik yo‘llarini ma’lum qilishdi
Yoxud aqidaparactlarning turfa nayranglari xususida
Din azaldan insonlar hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. Uning yaratuvchilik, bunyodkorlik, hamjihatlik va yo‘naltirish salohiyati hamisha jamiyat rivoji, inson kamolotiga xizmat kilgan. Ayni paytda, insoniyat tarixi dindan niqob sifatida foydalanish, undagi goyalarni vayronkorlik ruxida talkin etish odamlar boshiga ko‘plab kulfatlar keltirganini ko‘rsatadi. Afsuski, bugungi kunda ham biz mana shunday jarayonlarga guvoh bulmokdamiz.
Hozirda o‘z manfur niyatlarini amalga oshirishda islom dini niqobi ostida faoliyat olib borayotgan ekstremistik tashkilotlarning aksariyati, yosh yigit-qizlar ongini bosqichma-bosqich zaharlash orqali amalda mavjud qonuniy tuzumni beqarorlashtirish, hokimiyatga qarshi ommaviy namoyishlar tashkil etish, davlatni boshqarib turgan rahbarlarni hokimiyatdan chetlashtirish rejasini "takfir", "xijrat", "JIHOD" va "shahid"lik g‘oyalari asosida amalga oshirishga intilmoqdalar.
Shunday tashkilotlar safida yetakchilik qilayotgan hamda amalga oshirayotgan ishlari bilan muqaddas dinimiz ta’limotlariga zid ravishda vahshiyona "qonun-qoidalar" joriy etayotgan, o‘zlarini "islom davlati" rahnamolari deya e’lon qilgan "IShID" safida dunyoning turli davlatlaridan minglab jangarilar go‘yoki, "sof islom" yo‘lida jang qilmokda Afsuski, ularning saflariga qo‘shilishga, ularning "xizmati"da bo‘lishga intilayotganlar soni kamaymayapti
Bu kabi guruh, vakillarining zamonaviy fan-texnika yutuqlari, jumladan uyali aloqa vositalari va internet imkoniyatlaridan razil maqsadlarini amalga oshirishda ustamonlik bilan foydalanadilar. Ularning aksariyati internetda o‘z sahifalari orqali ayollarni ochiqdan-ochiq, "jihod"ga da’vat etsalar, yana bir guruhi "xayriya ishlari" niqobi ostida targ‘ibot-tashviqot bilan shug‘ullanadilar. Masalan, internet tarmoqlarining birida "Alloh, yo‘lida" (fisebilillah) nomi ostida minglab xabar, makola va videolavhalarning mavjudligi buni isbotlaydi.
2013 yilda "IShID" terrorchi tashkiloti jihod g‘oyalari singdirilgan nashida (diniy mazmundagi qo‘shiq)larni tayyorlashga yo‘naltirilgan maxsus fond tashkil etdi. Tayyorlangan nashidalar tashkilot saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilishi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, bu tashkilotning shaxsiy mobil ilovalari va internet do‘konining mavjud ekani barchadan ogohlik va sergaklikni talab etadi. Bundan tashqari, tashkilotning ayollar qanoti tomonidan virtual madad guruhari tashkil etilib, unda ayollar bir-birlariga turli taomlarning tayyorlanish usullarini o‘rgatish bahonasida yangi a’zolarni saflariga qo‘shmoqdalar, hech bir to‘siqsiz Iroq va Suriyaga yetib borish yo‘llarini tushuntirmoqdalar.
Guruh tarkibidagi ba’zi ayollar tomonidan keltirilgan ma’lumotlarda, "bomba portlatish yoki "shahid" bo‘lish mening ishim emas, mening qurolim - so‘z, bu mening "jihodim", so‘z orkali juda kup ishlarni amalga oshirish mumkin, so‘z - bomba demak", qabilidagi fikrlar xam bildirilgan. Bu kabi ayollarning "jihodi" xech bir harakatga majbur kilmaydi, lekin boshqalarni harakatga shijoatlantiradi.
Bugungi kunda internet olamida tarkatitayotgan ma’lumotlarning 80 foizi Iroq va Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq ekani turli ijtimoiy tarmoqlar orqali esa "IShID'ning faol blogerlari dunyoning istalgan nuqtasidagi odamlarni o‘z saflariga jalb etayotganlari kishilarni o‘ylantiradigan holat. Aynan ushbu tashkilot faollari peshqadam sifatida internet olamida terrorchilik g‘oyalarini targ‘ib etish, saflariga yangi azolar jalb etish maqsadida o‘z tizimlarida virtual faoliyat bilan shug‘ullanishni yo‘lga qo‘yuvchi maxsus shtatlar tashkil etib, unga malakali mutaxassislarni jalb etdilar. Buning natijasida radikal g‘oyalar targ‘iboti Facebook, Instagrarn, VKontakte, Twitter, Tumbler, Telegram, Youtube kabi ijtimoiy tarmoklari orkali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.
Tahlillarga ko‘ra, terrorizm, xususan "IShID' saflarini to‘ldirib, terrorchilik harakatlarini amalga oshirayotgan yigit-kizlarning 84 foizi bevosita ijtimoiy tarmoqlar, 47 foizi internet tarmoqlarida joylangan jangari videolavhalarni onlayn ko‘rish, 41 foizi "IShID' saflariga onlayn tarzda qasamyod qabul qilish orqali jalb etilgan bo‘lsalar, 19 foizi onlayn-ko‘rsatmalar yordamida portlovchi buyumlarni tayyorlab o‘z hududlarida yovuz maqsadlarni amalga oshirmoqdalar.
Bugungi kunda da’vatchilar millati, dini, ijtimoiy mavqeidan qati nazar barchani o‘z domiga tortishga harakat qilmoqdalar, lekin aksariyat hollarda e’tiborni erkaklar emas, yolg‘iz ayollar va yoshlarga qaratmoqdalar. Chunki aynan ular vaqtining asosiy qismini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazadi, xususan, chuqur ruhiy tushkunlik va chorasizlikda qolgan ayollar virtual olamda o‘zlariga hamdard va hamfikr izlaydilar. Ba’zan esa qalbining tubida mehr va e’tiborga tashna "qizaloq" yashiringan qatiyatli va mustaqil ayollar ham "yordam va tayanch qo‘li"ni cho‘zishga tayyor da’vatchining tuzog‘iga ilinmoqdalar.
Da’vatchilar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shaxsiy sahifalari, ularning yozayotgan gaplari, omma hukmiga havola etayotgan fotosuratlarini sinchiklab o‘rganadilar, o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish mumkin bo‘lgan "o‘lja"larni ko‘zlagan holda ularga yovuz maksadlar aks ettirilgan videolavxalar jo‘natiladi xamda mavzuga oid suhbatlarga tortiladi. Mazkur lavhalarda Suriyadagi og‘ir hayot, bolalar va ayollarning mudhish qismati, “qaerdasizlar musulmonlar, axir birodarlaringizni himoya kilishingiz kerak-ku” degan mazmundagi xitoblar aks etadi.
Albatga, bu kabi videolavhalar avvaliga inkor etiladi, qayta-qayta jo‘natilib, ko‘rilganidan keyin qiziqish uyg‘onadi. Shu tariqa foydanalanuvchi qanday qilib terroristik tashkilot tuzog‘iga ilinganin sezmay qoladi.
Shuningdek, pul, mafkura jinsiy aloqa, isnod keltiruvchi ma’lumotlar yordamida "o‘lja"ning ongi bosqichma-bosqich zaharlanadi. Avvaliga, shaxsning nozik tomonlari jiddiy o‘rganilib, shular orkali ta’sir etiladi. Da’vatchi "o‘lja"ning ishonchiga kiradi, yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘yadi va shundan so‘ng uning qadriyatlar tizimini o‘zgartirishga kirishiladi.
Tajriba va tahlillar shuni xam ko‘rsatmoqdaki, internet orqali olib borilayotgan yana bir oddiy targ‘ibot usuli: jangarilarning "a’lo darajada"gi hayot tarzi — hashamatli uylar-u, avtomashinalar oldida, boylikka ko‘milib yashayotgani aks ettirilib, professional tarzda suratga olingan fotosurat hamda videolavhalar internetga joylanib, shu orkali qiziquvchilar soni ko‘paytiriladi va bevosita muloqotga jalb etiladi. Qiziqish bildirayotgan yigit-qizlarga o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida qo‘llarida kurol bilan ko‘rsatilayotgan jasorat, qaxramonliklar, ularning saflariga qay tarzda qo‘shilish haqida "batafsil" ma’lumotlar beriladi.
Targ‘ibotchining asosiy maqsadi bosim o‘tkazish yo‘li bilan "o‘lja"ni terrorchilarga qo‘shilib qolishdan asrovchi, xavf-xatarlardan ogox etuvchi atrofini o‘rab turgan muhitdan ajratib olib, yolg‘izlatib qo‘yishdan iborat. Buning natijasida oila a’zolari va do‘stlari o‘rnini moddiy va ma’naviy jihatdan "qo‘llab-quvvatlovchi" opa-singillar, aka-ukalar egallaydilar. Saflariga yangi qabul kilingan a’zo bilan ishlash jarayonida ular o‘zlarini islom dinini chuqur anglaydigan, teran fikr yurita oladigan, yashab turgan jamiyatlarida dinga nisbatan nohakliqlarga qarshi adolat bilan kurasha oladigan hamda islom tamoyillari asosida faoliyat yuritadigan davlat barpo eta oluvchi shaxs sifatida ko‘rsatadilar. "Yangidan-yangi" ma’lumotlar qurshovida qolgan "a’zo" gapirilayotgan gaplarning qanchalar to‘g‘ri ekanini anglab, fikr yuritish imkoniyatidan mahrum ekanini anglamay, ko‘r-ko‘rona "rahnamo"lariga ergashadi. Kanday yulga kirgani, kimlarga kushilib qolganini esa ko‘p hollarda ancha kech anglaydi. Ba’zida yigit-kizlardagi o‘ta shijoatlilik va g‘ayrat xam g‘arazli maqsadlar uchun muhim vosita ekanini unutmaslik lozim.
Siz da’vatchining tuzog‘iga ilinganingizning alomatlari:
1. Yangi "do‘st"ingiz shaxsiy xayotingiz bilan haddan ortik kizika boshlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda "to‘satdan" paydo bulgan "do‘st" siz bilan "dil"dan suhbat qurishga, sizning muammo va qiziqishlaringizni o‘ziniki sifatida qabul qiladi.
2. Sizning qo‘rquv va kamchiliklaringizga bosim o‘tkazishni boshlaydi: “yillar o‘tmokda, sen esa xali biror tayinli ish kilmading, men esa senga xech kim bermagan imkoniyatni bermoqchiman, bu pullar evaziga sen o‘zing istagan ishni amalga oshirishing mumkin” va h.k.
3. Tinmay o‘z yordamini taklif qiladi: Doimiy "qo‘llab-kuvvatlaydi", faqat va faqat sizning xizmatingizda bo‘ladi. Bu borada ayollar shuni unutmasligi kerakki, siz bilan jiddiy munosabatga kirishmoqchi bo‘lgan erkak, odatda bu qadar shijoatli va qatiyatli bo‘la olmaydi.
4. Birgina sharti evaziga barcha muammolarni bir zumda xal kilishni va’da beradi Sinov tarikasida istalgan narsa, juda oddiy bir iltimosni bajarishni so‘raydi.
5. Ma’lum fe’l-atvorga moslashtirish maqsadida hissiyotlaringshni jilovlashga urinadi. U sizning fikrlaringazni qabul kiladi yoki umuman kabul kilmagan xolda sizni keskin muxokama qiladi.
6. O‘zingizni havoda muallaq qolgandek his etasiz. Da’vat qiluvchi sizning hayotingizda o‘z "o‘rni"ga ega ekanini anglaganidan sung, o‘y-fikrlaringizni chalg‘ituvchi uslublardan foydalanishni boshlaydi, natijada siz ko‘zlagan maqsad va rejalar o‘zingiz uchun xam sarobdek tuyula boshlaydi. "Do‘st"ingiz bilan suhbatdan keyin fikrlaringiz tarqoqligini sezishni boshlasangiz, bunday "dust"dan kochishga xarakat kiling.
7. Atrofingizdagi yakinlaringiz sizga dushmandek tuyula boshlaydi
8. Siz istagan narsani muxayyo kilishda yordam beradi "Farovon turmush", "chiroyli oila", "baxtli kelajak".
9. Sizga tahdid qiladi Uning yo‘rig‘iga yurishdan bosh tortsangiz, siz yoki yakinlaringizga tazyiq o‘tkazishga urinadi. Bunday holda qo‘rqib, jim yurish emas, aksincha, sizni himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat kilish lozim.
Ijtimoiy tarmoklarda o‘z xavfsizligingizni ta’minlashda quyidagilarga e’tibor berishingiz maksadga muvofiq:
• shaxsiy ma’lumotlaringizni ijtimoiy tarmoklarda o‘zingiz tanimagan shaxslarga oshkor kilmang;
• siz uchun shubhali bo‘lgan savollarga javob bermang;
• siz bilan do‘stlashishga intilgan shaxs bilan umumiy do‘stlaringgiz bor-yo‘qligini tekshirib oling;
• siz uchun berilayotgan ma’lumotlar va takliflarni qabul kilishdan avval ularning to‘g‘ri ekanini aniqlashtiring;
• islom dini va uning arkonlariga oid ma’lumotlarni ijgimoiy tarmoqlardan emas, balki ishonchli adabiyot va mutaxassislardan kidiring.
Hayotda ezgu maqsadi va intilishiga ega shaxs turli buzg‘unchi okim va yo‘nalishlar ta’siriga tushib qolish xavfi kamayadi. Ekstremizm va terrorizmning na dini, na millati va na vatani bor. Dunyoning turli hududlarida sodir bo‘layotgan qonli to‘qnashuvlar oqibatida aziyat chekayotgan begunoh insonlar fakatgina bir din yoki millatga mansub emas, balki turli millat va din vakillari hisoblanadi. Bu kabi harakatlar jamiyatining fakatgina buguni emas, istiqboliga ham jiddiy tahdid solayotir. Insoniyat unga qarshi hamjihat kurashsagina ijobiy natijalarga erishishi mumkin.
D.Turdiyev
Toshkent islom universiteti Islomshunoslik ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi