Ikkinchi chorakda Amerikaning Apple korporatsiyasi daromadi 40 foizga o‘sdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru” kompaniya choraklik hisobotiga tayanib.
Hisobot ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya kirimi 58 milliard dollarni, sof foyda esa 13,6 milliad dollarni tashkil etgan. Yalpi choraklik daromad o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 40,8 foizga teng bo‘ldi.
Ko‘rsatkichlarning o‘sishi iPhone va Mac savdosining yuqori darajasi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, App Store’dagi sotuvlar ham butun servis tarixidagi rekordni o‘rnatdi.