Apple kompaniyasi iPhone 6S nomli yangi smartfonlarni ishlab chiqarishni boshladi. Bloomberg agentligining ma’lum qilishicha, yangi apparat ekranlari Force Touch texnologiyasiga ega bo‘ladi.
Tashqi ko‘rinishi jihatidan smartfon iPhone 6 i 6 Plus modellaridan sezilarli farqlanmaydi. Uning ekrani 4.7 va 5.5 dyuymni tashkil qiladi. Yangi uskuna qachon tayyor bo‘lishi va sotuvga chiqarilishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.