Samsung kompaniyasi Galaxy Note 5’ni iPhone 6s’dan oldinroq chiqaradi
Samsung kompaniyasi Galaxy Note 5 fableti taqdimotini sentabrdan avgust o‘rtasiga ko‘chirdi. Shu tariqa, u sentabrda yangi iPhone 6s va iPhone 6s Plus smartfonlarini namoyish etish niyatida bo‘lgan Apple’dan o‘zib ketadi, deb yozadi “Mail.ru”.
Nashr eslatishicha, iPhone 6 va iPhone 6 Plus Samsung Galaxy Note 4’dan olti kun avval chiqarilgan edi. Bu yil esa Samsung bunday xatoni takrorlamaydi va yangi fablet Janubiy Koreya kompaniyasining 2015-yil 3-choragidagi daromadini ko‘paytirish imkonini berishi ham ehtimoldan xoli emas.