Butun dunyo bo‘yicha zamonaviy texnologiya ishqibozlarining
nigohida bo‘lgan yirik mojarolardan biri Apple va Samsung kompaniyalari
o‘rtasidagi patent "janglari”dir. "Sukerberg pozvonit ” saytining yozishicha,
bu ikki kompaniya shu yili patent masalasidagi kelishmovchiliklarni muhokama
qilib olishlari mumkin.
Mazkur kompaniyalar rahbarlari – Tim Kuk hamda Kvon O-Xen
shu masala yuzasidan 19-fevralda o‘zaro uchrashishadi. Uchrashuvda vositachi
ham ishtirok etadi. Uchrashuv ko‘ngildagidek o‘tsa, buning natijasida mart
oyida Apple o‘z da’volaridan voz kechishi ehtimoli bor.
Patent
borasidagi sud jarayonlarida, 2012-yil avgustida Samsung mag‘lub bo‘lgan edi. O‘shanda
Kaliforniya sudi, Galaxy S2 smartfoni ishlab chiqarilishida Apple’ning bir
qator patentlari buzilgan, deb topgan edi. Shuningdek, bu ikki smartfonning o‘ta
darajada o‘zaro o‘xshashligidan tashqari, sudda planshetlar haqida ham so‘z
borgan. Oqibatda Samsung 930 million AQSh dollari miqdorida jarima to‘lashga
hukm qilingan edi.
Shu yili
martda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yangi sud jarayonida esa nisbatan
keyingi smartfonlar patentlari borasidagi da’volar ko‘rib chiqilishi lozim. Jumladan,
sotilishi bo‘yicha iPhone smartfonlarini ortda qoldirgan Galaxy S3 ishlab
chiqarilishida ham patent buzilganligi da’vo qilinmoqda.