Xitoyning smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyasi “Shiaomi” yaqin oylar ichida AQShda o‘zining “Mi store” birinchi onlayn do‘konini ochishni rejalashtirayotganini e’lon qildi.
Bu haqda kompaniya vise-prezidenti Xyugo Barra ushbu loyihaning taqdimotida xabar bergan. “Shiaomi” kompaniyasi 5 yil avval o‘z ishini boshlaganiga qaramasdan 2014 yilning oxiriga kelib smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha Apple va Samsung'dan so‘ng 3-o‘ringa chiqib olgan.
Kompaniya hozirda o‘z biznesini AQShdan tashqari boshqa davlatlarga ham kengaytirishni rejalashtirmoqda. Joriy yilning yanvar oyida Rossiyaning aloqa operatori “Megafon” “Shiaomi” byudjet smartfonlarini sotuvga chiqarishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlar tarqatilgan edi.