“Istiqlol” konsert zalining bir kunlik ijara haqqi 15-18 mln so'mni tashkil etadi. Bulardan tashqari musiqachilar, rejissyorlar, dekoratsiyalar, sahnadagi monitor va boshqa shu kabilarga qo'shimcha harajatlar. Bunday harajatlardan keyin konsertdan daromad olish dargumon. Buning ustiga mashaqqatli mehnat talab qilinadi, tashkilot va sahnalashtirish ishlari olib boriladi, asabbuzarliklar sodir bo'ladi va katta sabr talab etiladi.
Konsertga tayyorgarlik sakkiz oy davom etadi. Har bir yo'nalish alohida faoliyat olib boradi: marketing, ijodkorlar, bezak ishlari. Shuning uchun konsert daromad manbai bo'lolmaydi, to'g'rirog'i u piar.
Ijodkorlar daromadining 95% i milliy sektor orqali keladi. U xalqning talabiga qarab shakllangan. Iqtisodiyotning oltin qoidasiga binoan, talab bor joyda taklif ham bo'ladi. Tantanalar, to'ylar, tug'ilgan kun va boshqa tadbirlar – ijodkorlarning haqiqiy daromad manbaidir.
Eng talabi kuchli qo'shiqchilar qatoriga Yulduz Usmonova, Shahzoda, Rayhon, Ozodbek Nazarbekov, Shohruxhon, Lola, Ulug'bek Rahmatullayev, Munisa Rizayeva, «Shahzod» guruhi, Ziyoda kabi ijrochilar kiradi. Bir kunda ular 4-8 ta tadbirlarda xizmat qiladilar. Gonorarlari ijro etgan qo'shiq soniga bog'liq. Shunday artistlar toifasi ham borki, ular faqatgina to'ylarda ijro etadilar. Ular televideniyada ko'rinmaydilar, kliplar suratga olmaydilar. Ularning xizmat haqlari 1 500 000 dan 3 000 000 so'mgacha tashkil etadi.
Yulduz Usmonova
Ijodiy faoliyatiga nisbatan qo'yilgan ko'p yillik norasmiy taqiqdan keyin Yulduz Usmonova mamlakat televideniyasida yana paydo bo'lib, muxlislarini xushnud etdi. O'zbek estradasining primadonnasini yaqqol ko'rishni istaganlar diqqatiga, uning to'y va tantanalardagi “birrov” chiqishi 20 millionni tashkil etadi.
Farruh Zokirov
Farruh Zokirov mashhur qo'shiqchi va bastakor, “Yalla” guruhining asoschisi, O'zbekiston xalq artisti – u haqda yana ko'p gapirish mumkin, u kuylashni boshlaganda nima uchun biz hammamiz uni o'zbek estradasining afsonasi deyishimizni tushunib olish mumkin. Qo'shiqchi “O'zbekiston xalq artistlari klubi” ni boshqargani uning muxlislarini quvontirdi. “Yalla” musiqa ansamblining har bir qo'shig'i musiqa arxivining oltin fondidan joy olgan. Bu qo'shiqlar allaqachon klassika bo'lib ulgurib bo'lgan. Farruh Zokirovning tadbirlarga chiqishi 20 million so'mni tashkil etadi.
Ozodbek Nazabekov
Milliy estradaning bulbul ovoz xonandasi. O'zbekiston Xalq artisti, nafaqat musiqiy xitlari bilan mashhur, balki endi mamlakatning ijodkor shaxslarini qo'llab-quvvatlash bilan ham shug'ullanadi. Bugungi kunda Ozobdek Nazabekov O'zbekiston madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda. Qo'shiqchining bir tadbirda qatnashishi 15 million so'mdan boshlanadi.
Lola
Taniqli xonanda, qo'shiqlar muallifi va aktrisa Lola Yo'ldosheva – samimiy ijrochi va kuchli ayol. Bu yulduz bitta to'y yoki tadbirda ishtirok etishi uchun 8 million so'm ish haqi oladi.
Shahzoda
Shahzoda o'zida sharqona xikmat va qalb uyg'unligini mujassam etadi. Aynan ana shu obraz muxlislarining yuragini zabt etgan. Tadbirlaga chiqishi 8 million so'mdan boshlanadi.
Rayhon
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, tomashabop yakkaxon konsertlari bilan mashhur. Qo'shiqchining gonorari 8 million so'mga teng.
Ulug'bek Rahmatullayev
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, o'zbek yoshlarining sevimli xonandasi milliy xit-paradning yuqori pog'onalarini egallab keladi. Qo'shiqchining tadbirlarda qatnashish bahosi uning qanchalik bandligi bilan belgilanadi, taxminan 6 million so'mdan boshlanadi.
Munisa Rizayeva
Munisa Rizayeva mashhur qo'shiqchi va kino aktrisasi. O'zbek qo'shiqchilik san'atida o'ziga xos yo'nalishda kuylaydigan ayol xonanda. Bitta to'yda kuylagan qo'shiqlari uchun 8 million so'm xizmat haqqi oladi.
Ushbu ro'yxatni hali ko'p davom ettirish mumkin. Ko'pgina xonandalar xalqning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib, bir kechada bir nechta to'y va tadbirlarda xizmat qilishlari mumkin.