Qirg‘izistonda fohishalar va narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchilarning daromadlarini hisoblab chiqishmoqchi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi iqtisodiy statistika va milliy hisoblar boshqarmasi bosh mutaxassisi Nargiza Kuneva bayonot berdi.
«Hozirgi vaqtda narkotik moddalar savdosi, intim xizmat ko‘rsatish, brakonerlik, kontrabanda va boshqa noqonuniy faoliyat turlari bo‘yicha tajriba tariqasida hisob-kitoblar olib borilmoqda», — deydi Kuneva.
Statistika xodimlarining taxminiy hisob-kitoblariga qaraganda, Qirg‘iziston iqtisodiyotining to‘rtdan bir qismi bu kabi faoliyatga to‘g‘ri keladi, bu yerda daromad qiymatini hisoblash juda qiyin.
Idorada ta’kidlanishicha, Milliy statistika qo‘mitasi mutaxassislari faqat mablag‘larni hisoblab chiqadi. Bu raqamlar taqdirini boshqa davlat organlari hal qilishadi.
Siyosatshunos Sheradil Baktigulov fikriga ko‘ra, bu raqamlar Qirg‘izistonga noqonuniy faoliyat natijasida yetkazilayotgan ziyon miqdorini hisoblashga yordam beradi.
«Hozircha biz faqat kuch harakatlarini qo‘llamoqdamiz — aniqlash, hibsga olish va yo‘q qilish. Biroq, qaysi yo‘nalishda ishlash kerakligini baholashga imkon beradigan moliyaviy vositalar ham mavjud», — deydi Baktigulov.
Ushbu ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar uchun juda muhimdir. Ammo fohishalar va narkotik moddalar savdosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat byudjetiga ta’sir qilmaydi.
«Agar bu daromadlar YaIMga qo‘shilsa, albatta statistik iqtisodiy ko‘rsatkichlar oshadi, ammo hech qanday aniq o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi», — deydi iqtisodiy-ekspert Nurgul Akimova.