Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Antaliyada fohishalik bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayollar qo‘lga olindi

Antaliya shahri xavfsizlik boshqarmasi 12 nafar xorij fuqarosini deportatsiya qilish haqida qaror qabul qildi. Ular Antaliyaning ikki tumani hududida fohishalik bilan shug‘ullangani aniqlangan. Bu haqda “Newsturk.ru” nashri xabar bermoqda.

Ikki oy davomida olib borilgan kuzatuvlardan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari maxsus operatsiya o‘tkazgan. Natijada polisiya shahardagi mehmonxona va bir qancha xususiy uylarda O‘zbekiston, Rossiya, Moldova fuqarolari bo‘lgan 3 nafar hamda qirg‘izistonlik 9 nafar qizni qo‘lga olgan.

Avvalroq Antaliyada fohishalik bilan kurashish haftaligi doirasida yirik reydda 100 kishi ushlangani xabar qilingan edi.

Unda 84 nafar qiz-juvonlar qo‘lga olingan bo‘lib, ulardan:

22 nafar — Qirg‘iziston;

20 kishi — Turkiya;

14 nafar — O‘zbekiston;

9 nafar — Gruziya;

5 nafar — Rossiya;

4 kishi — Ukraina;

3 nafar — Dominikan;

2 nafar — Moldova;

2 nafar — Eron;

bir nafardan Qozog‘iston, Nigeriya va BAA fuqarosi bo‘lgani aytilgan edi.

Tibbiy tekshiruv o‘tkazilganidan so‘ng 3 nafar ayolda OITS kasalligi aniqlangani xabar qilingan.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7429 | Рейтинг: 1| Рейтинг: fohishalik, Antaliya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное