Olma-otalik erkak yuqumli kasalligi bor ayollar ishtirokida fohishaxona tashkil etganligi fosh qilindi, deb xabar berdi Sputnik Qozog‘iston nashri.
Fohishaxona tashkil etgan Olma-ota fuqarosi ustidan sud hukmi o‘qib eshittirildi. Erkakka nisbatan ozodlikdan mahrum qilish chorasi qo‘llanildi, u jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.
Ma’lum bo‘lishicha, 48 yashar olma-otalik shaharga vaqtincha yashash uchun kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga undagan.
Tergov jarayonida, erkak ularni o‘zi bilan olib kelib, kvartirani ijaraga olgani, u yerda fohishaxona tashkil qilgani va ko‘rsatilgan shahvoniy xizmatlar evaziga olingan pullarning kattagina qismini o‘zlashtirib kelgani aniqlangan.
Shuningdek, qizlardan biri sil kasalligi bilan og‘rigani, ikkinchisi esa 2016 yildan buyon "sifilis" tashxisi bilan hisobda turishi aniqlangan.
Fuqaro A.E sud tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 194 moddasi (tamagirlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topilgan. U olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Erkak o‘z aybini tan olmagan va hukm ustidan shikoyat qilishini bildirgan.