Namanganda fohishalikka qarshi kurashning yangicha usuli yo‘lga qo‘yildi
Namangan shahrida fohishalikka qarshi kurashning yangi usuli yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Mikrorayon hududidagi barcha foxishalik bilan shug‘ullanib ro‘yxatga tushgan xonadonlarni kirish yo‘laklariga, ko‘ngilochar maskanlarga, kompyuter o‘yinxonalariga, spirtlik ichimliklar sotish do‘konlariga hamda hududlar markazlariga kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.
“Ushbu kuzatuv kameralari Ichki ishlar bo‘limlariga ulangan bo‘lib, IIB bazasi xotirasida bir oy saqlanadi hamda tunu-kun nazoratga olinadi”, deyiladi xabarda.