Toshkent bozorlarida qulipnay paydo bo'ldi (mi?) narxi qancha
Imkoniyatlar zamonida yashar ekanmiz, qish oylarida ham ko‘nglimiz tusagan mevani topish avvalgi vaqtlardagidek muammo emas. Biroz mablag‘ bo‘lsa, bas.
Shunday bo‘lsa-da, barchamiz issiq kunlarda tabiiy yetiladigan mevalarning sotuvga chiqishini intizorlik bilan kutamiz. Chunki ular issiqxonada o‘stiriladigan ne’matlardan farq qiladi-da.
Hamma sevib iste’mol qiluvchi qulupnay Toshkent bozorlarida sotuvga chiqarildi. Bir kilogramm qulupnayning narxi 15 mingdan 120 ming so‘mgacha deb baholanmoqda. Bu uning sifati va o‘lchamiga bog‘liq.